Ingliz tili maqolalar

Ingliz tili darajalari (English levels)

Ko’pchiligimiz ingliz tili darajalari haqida eshitganmiz. Ular nimani anglatishini hamma ham bilmaydi. Hayotda ingliz tili darajangizni bilishingiz kerak bo’lgan ma’lum bir vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Va har doim maqsadingiz har hil bo’lishi mumkin: chet elda ish topishdan tortib; xalqaro imtihonlarni topshirishga qadar.

Ingliz tili darajalarini o’z ichiga olgan xalqaro tizim yetti qismdan iborat:

ingliz tili darajalari jadvali

1.Boshlang’ich daraja (Beginner — A0).

Ushbu bosqichda o’quvchi noldan boshlab o’z ichiga alfavit, elementar iboralar va qoidalar, o’qishni qamrab olgan tilni o’rganadi. O’rganish deyarli noldan boshlanadi. Ushbu darajadan o’tgandan so’ng talaba odamlar ko’pincha uchrashganda bir birlariga beradigan savollarga mustaqil javob berishi mumkin. Masalan: ismingiz nima? Siz qayerda yashaysiz? Yoshingiz nechida? Sizning oilangiz qanday? Va hokazo. Shuningdek, talaba o’zi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ingliz tilida gapirib berishi va yuzga qadar hisoblashi mumkin.

2.Elementar daraja (Elementary — A1).

Boshlang’ich bosqichning asoslari o’rganilganidan so’ng, ingliz tilining muhim asoslari bilan tanishish boshlanadi. Bu yerda talabaga chuqurroq bilim olish va birinchi bosqichda olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyati beriladi. Talabalar o’zlari, qarindoshlari, oilaviy urf-odatlari, sevimli ovqatlari, uy hayvonlari va boshqalar haqida qisqa shaklda gapirishni o’rganadilar. Grammatika asoslari o’rganilib, olmosh turlari, modal fe’llar, sifatlar va ularni to’g’ri taqqoslash darajasi, shuningdek ot so’zlari toifalari va savollarning turli shakllari ko’rib chiqiladi.

3.O’rtadan past daraja (Pre-Intermediate — A2).

Ushbu bosqichda tilni o’rganayotgan talabalar ba’zi iboralarni to’g’ri talaffuz qilishni bilishadi va ba’zi mavzular bo’yicha qisqacha muloqot qilishlari mumkin. Ushbu daraja tufayli talabalarning o’quv salohiyatlari sezilarli darajada oshadi, ular ko’proq amaliy mashqlarni bajaradilar va murakkab tuzilishga ega jumlalarni talaffuz qilishni o’rganadilar. Uchinchi darajada og’zaki nutqini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan inson, o’z bilimlarini qo’llagan holda chet elga sayohatga chiqishi mumkin.

4. Orta daraja (Intermediate — B1).

Ushbu daraja oldingi darslarda olingan barcha bilimlarni to’liq mustahkamlash uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari o’rganish uchun murakkab harakterga ega lug’at kiritiladi. Tog’ridan to’g’ri va bevosita nutqqa, fe’l va predloglarga, ergash gap, gaplardagim so’zlarning to’g’ri tartibiga va boshqalarga katta e’tibor beriladi. Ushbu darajada matnlar ko’proq ma’lumot va uzunroq tuzilishga ega bo’ladi. O’rta darajadagi bilimlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirgan kishi suhbatdoshni yahshi tushinishi va suhbatmi oson davom ettirishi mumkin.

5. O’rta darajadan yuqori (Upper Intermediate — B2).

Beshinchi darajaga o’tib talabalar erkin muloqot qilishadi va ingliz tilini tushunishadi. Asosan, ushbu bosqich amaliy mashg’ulotlarga asoslanadi, nazariy mashqlar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Ushbu daraja ta’lim va biznes sohasida keng talabga ega deb hisoblanadi.

6.Yuqori daraja (Advanced — C1).

Tilni yaxshi bilishni istagan har bir kishi ushbu darajaga murojaat qiladi. Ilgari o’tilgan mavzular yuqori professional va aniq darajada ko’rib chiqiladi. Ular ko’plab adabiy janrlarni, atrof-muhit xususiyatlarini, huquqiy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi.

7. Super yuqori daraja (Mastery — C2).

U ona tilida so’zlashuvchining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Inson allaqachon ingliz tilining barcha asoslarini biladi va har qanday mavzuda erkin muloqot qila oladi. U uchun tor doiradagi intervyu berish yoki chet el universitetiga kirish uchun imtihon topshirish qiyin bo’lmaydi.

Siz ingliz tili darajalarini bilib oldingiz. Uni o’rganishni boshlagan har bir kishi kerakli bilimlarni olish uchun qaysi bosqichga o’tishi keragligini o’zi hal qilishi mumkin. Darslarni boshlashdan oldin talaba ingliz tili bo’yicha bilim darajasini suhbatdan va test sinovlaridan o’tib aniqlashi mumkin.

Ingliz tilini tez o’rganishni istaysizmi? Ushbu maqoladani o’qing: Qanday qilib ingliz tilini tez o’rganish mumkin? Amaliy maslahatlar.

Shunday paytlar bo’ladiki, inson tilning darajalarini bilmaydi va bu yo’nalishdagi bilim darajasini mustaqil ravishda aniqlay olmaydi. Shunda siz qaysi darajada ekanligingiz va o’quv jarayonini qayerdan boshlashingiz kerakligini tushunishga yordam beradigan ingliz tili o’qituvchisi bilan bog’lanishga arziydi. Ingliz tili uzoq vaqtdan beri oddiy maktab darsligi emas, u ommaviy kommunikatsiya vositasiga aylandi. Chet tilini o’rganib, odam nufuzli kompaniyada yuqori maoshli ish topish yoki chet elda o’z biznesini qurish, shuningdek dunyo bo’ylab sayohat qilish va dunyoning turli burchaklaridagi do’stlari bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

Maqola ma'qulmi?

Ajoyib
280
A'lo darajada
191
Yaxshi
98
Unchamas
43
Bo'mapti
33

You may also like

2 Comments

  1. maqola yaxshi ammo yanayam yoritilganda yaxshiroq va tezroq tushuna olardik

Leave a reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *